Mamardashvilini Yevropaning ikki grandi o'z safida ko'rmoqchi

Alisher
14 iyul 2024, 14:53
"Valensiya" darvozaboni Georgiy Mamardashvili yozgi transfer oynasida klubdan ketishi mumkin.

"Ko'rshalaklar" darvozabonni 40 million evroga sotishni rejalashtirishmoqda. Mamardashviliga da'vogarlar orasida Londonning "Chelsi" va Madridning "Atletiko" klublari bor.

"Matraschilar" gruzinni joriy transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin bo'lgan Yan Oblakning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.

23 yoshli darvozabon 2022 yilning yanvarida beri "Valensiya"da o'ynaydi, uning shartnomasi 2027 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes