Makron Platini Fransiya FF rahbari bo'lishini istaydi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fransiya Futbol Federatsiyasi rahbari Noel Le Grening lavozimini tark etishini istamoqda.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, Makron bu lavozimni UEFA sobiq prezidenti Mishel Platiniga taklif qilgan.

Avvalroq futbol agenti Sonya Suid Le Greni jinsiy zo'ravonlikda ayblagan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Platini futbolda faoliyatini boshqaruv sohasida davom ettirishga tayyor.

Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi 2007 yildan buyon UEFA prezidenti hisoblanardi. 2015 yil oktyabr oyida u o'z lavozimidan chetlashtirilib, 8 yilga diskvalifikaciya qilingandi. 2016 yilda muddat 4 yilgacha qisqartirildi.

2020 yildan buyon Platini Professional Futbolchilar Assotsiatsiyalari Xalqaro Federatsiyasi prezidenti maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport