Maguayr: "Fernandesh MYUga bir necha yil yetishmagan jihatlarni to'ldirdi"

Mirjalol Normatov
27 dek 2020, 16:27
"Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr jamoadoshi Brunu Fernandeshni maqtadi.

"U jamoaga kelganidan buyon nafaqat mashg'ulotlarda, balki, o'yinlarda ham ajoyib. U yetakchi va doimo g'alaba qozonishni istaydi. Brunu o'zi o'ynayotgan barcha turnirlarda sovrinlar qo'lga kiritishni xohlamoqda. Uni shunday tarbiyalashgan.

Brunu jamoaga uzoq yillardan buyon yetishmayotgan kreativlikni olib kirdi. Bu esa "Yunayted" muxlislariga ham yoqmoqda.

Bu boshlanishi. U o'z o'yinidagi ko'plab aspektlarda o'sishni istamoqda. U bundan-da yaxshi o'yin ko'rsata oladi. Bu esa klub uchun ham foydali.

Ayni damda markazda raqobat juda kuchli. Maydondagi joyni saqlab qolish uchun maksimum kuchni sarflash kerak", - dedi Maguayr.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal