Madrid derbisidan oldin paydo bo'lgan savollar

Omonjon To`xtamirzayev
29 sen 2018, 17:15
Bugun tunda millionlab muxlislar e'tibori Madrid shahridagi bellashuvga qaratiladi.

1. "Sevilya" bilan o'yin "Real"ga qanday ta’sir qiladi?

Jamoa dastlabki daqiqalardan hujumga otiladimi yoki "yopilib olib", ehtiyotkorlik qiladimi. Lopetegi "Sevilya" bilan o'yinga qadar asosiy urg'uni to'pga egalik qilish va paslar soniga qaratayotgandi. Lekin "Atletiko"ga qarshi ham murabbiy yana o'sha taktikani tanlarmikin?

2. Simeone vaziyatdan foydalanib "Bernabeu"da "birinchi raqam" bo'lib o'ynarmikin?

So'nggi derbilar "Atletiko" murabbiyi asosan markazda kurash va keskin hujumlardan foydalanayotgandi. Lekin balki Cholo o'zining eng yaxshi sport formasida bo'lmagan "Real"ni butkul "mazasini qochirishga" urinib ko'rar?


3. Asosiy tarkibni tanlashda murabbiylarni oxirigicha o'ylantiradigan poziciyalar

Bu yerda muammolar "Real"da ko'proqdek. Jarohatidan forig' bo'lgan Dani Karvaxal tarkibga qaytadi va o'ng qanotda o'z joyini egallaydi. Nacho katta ehtimol bilan o'tgan uchrashuvda jarohat olgan Marseloni yo'qligini bildirmaslikka harakat qiladi. Appendicit sabab Isko jamolasiga yordam bera olmasligini inobatga olsak, markazda kimlar harakat qilishi borasidagi savollarga o'rin qolmayapti chog'i. Lopetegi uchun asosiy bosh og'rig'i derbida darvozani kimga ishonib topshirish: Kurtua yoki Navas?


4. Eksperimentlar va kutilmagan qarorlar bo'larmikin?

Ham turnir jadvaliga, ham jamoaning ruhiy holatiga katta ta’sir o'tkazuvchi uchrashuv oldidan har ikki murabbiy tavakkalchilikka qo'l urmasa kerak. Nazarimizda, har ikki mutaxassis ham sinalgan tarkib, futbolchilarni maydonga tushiradi. Principial raqib bilan o'yinligidan tashqari, unchalik omadli bo'lmagan startdan so'ng, La Ligaga belgilangan vazifani bajarish yanada qiyinlashishishini hamma tushunib turibdi. 


Omonjon To'xtamirzaev tarjima qildi

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia