Lyusen Favr: "Dastlabki 30 daqiqada mavsumdagi eng yaxshi "Bavariya"ni ko'rdik"
11 noya 2018, 10:15
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikr bildirdi.
"Dastlabki 30 daqiqada "Bavariya" mavsumdagi eng yaxshi o'yinini namoyish etdi. Ikkinchi bo'limda biz yaxshiroq harakat qildik. Bundesliga uchun ajoyib o'yin va a'lo darajadagi reklama bo'ldi", - deya Favr so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.