Lyuk Shou shartnoma imzolashga yaqin

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 20:21
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

O'tgan mavsumda futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgandi. Biroq u bu mavsumda o'zining jangovor jismoniy holatiga kira oldi va asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.

"Daily Express" xabariga ko'ra, u "qizil iblislar" bilan shartnomasini 2020 yilga qadar uzaytiradi va haftasiga 150 ming funt maosh oladi. 

Angliyalikning amaldagi shartnomasi yozga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express