Lunin “Real Madrid” rekordini takrorladi

Khoja
14 fev 2024
“Real Madrid” darvozaboni Andrey Lunin kecha ECHL bahslarida madridliklar safida bir uchrashuvda seyv qilish bo'yicha rekordni takrorladi.

Darvozabon kecha jami 9 ta seyv amalga oshirgan. Madrid jamoasining darvozabonlari orasida faqatgina Tibo Kurtua bir uchrashuvda shuncha seyv amalga oshirishga erishgan.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli darvozabon “Real Madrid” safida 2018 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Darvozabon joriy mavsum barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U o'yinlarda jami 13 ta gol o'tkazib yuborgan va 8 ta bahsda o'z darvozasining daxlsizligini saqlab qolgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com