Lukman London grandiga o'tadimi?

Alisher Ostonov
4 may 2025
"Arsenal" "Atalanta"ning nigeriyalik vingeri Ademola Lukmanning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, London klubi bosslari futbolchini yozgi transferlar uchun o'z ro'yxatiga kiritgan. Lukmanning o'zi ham APLga qaytish ehtimoliga ijobiy qaramoqda. U karerasida keyingi qadamni qo'ymoqchi. Avvalroq OAVda nigeriyalik futbolchi yozda "Liverpul" va "Yuventus"ga ham o'tishga urinib ko'rishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Ademola Lukman joriy mavsum "Atalanta" safida 37 ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi ularda "gol+pas" tizimida "18+7" ko'rsatkichini qayd etishga muvaffaq bo'ldi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal