Lukas Vaskes Morataning "Real"ga qaytishiga umid qilmoqda

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2016
Real futbolchisi Lukas Vaskes Yuventus a'zosi Alvaro Moratani yana madridliklar safida ko'rishdan xursand bo'lishini aytib o'tdi.


U shuningdek, Xesega "Espanol"da o'z omadini sinab ko'rishni maslahat berdi.

"Umid qilamanki, "Real" yana Moratani qaytarib oladi. U so'nggi ikkita mavsumni ajoyib o'tkadi. Agar "qirollik klubi" uni qaytarib olsa bu barcha uchun foyda bo'ladi.

Xesega omad tilayman. Unga o'z kuchini "Espanol"da sinab ko'rishini maslahat berardim. Men ham u erda o'ynaganman. Shuning uchun, bu klubni unga tavsiya qila olaman", - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana