Lukas Podolski: "Agar JCHga yaqin qolganida jarohat olganimda yomon bo'lardi"

Tolibjon Qosimov
5 sen 2013, 17:08
"Arsenal" hujumchisi Lukas Podolski jarohati haqida gapirib berdi.
"O'zimni yaxshi his qilayapman. Tiklanish jarayoni taxminan uch oy davom etadi. Men to'rt hafta kutishim kerak, shuda mushaklar tiklanadi. Keyin mashg'ulotlarga kirishishim mumkin.

Futbol jarohatlarsiz bo'lmaydi, Jahon chempionatiga yaqin qolganida jarohat olganimda yomon bo'lardi.

Nima uchun jarohatim bo'lsa ham terma jamoaga keldim? Sababi bu yerda shifokorimiz Myuller-Volfart bilan maslaxatlar olishim mumkin. Jarohat olganlardan Bastian Shvaynshtayger va Xolger Badshtuber ham shu yerda", – deydm Podolski.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru