Lukaku va "Yuventus" kelishib oldi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2023, 18:26
Romelu Lukakuning agentlari hujumchining "Yuventus"ga o'tishi borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

O'tgan mavsumni ijara asosida "Inter"da o'tkazgan forvard "Yuventus"ga o'tishga rozilik bildirgan. Belgiyalik seshanba kuni "Chelsi" ixtiyoriga qaytadi, biroq jamoa bilan AQSH turnesiga bormaydi. Ayni damda Lukaku o'z oilasi va agentlari bilan "Yuve"ga o'tish ishlarini olib bormoqda.

Turin klubi mart oyidayoq Lukaku bilan shartnoma imzolashni istagan. O'shanda hujumchi og'zaki ravishda transferga rozilik bildirgan. Aytilishicha, "Yuventus" futbolchi bilan 8 mln evrolik yillik maoshi ko'rsatilgan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal