Lukaku Tuxel sabab "Chelsi"da qolmasa kerak

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2022, 09:53
Romelu Lukaku Tomas Tuxel boshchiligidagi "Chelsi"da katta ehtimol bilan o'ynamaydi.

Londonliklar o'tgan yozda belgiyalik futbolchini 97,5 million funt evaziga "Inter"dan sotib olishgandi. Biroq u mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazdi. 

29 yoshli hujumchi yozda ijara asosida "Inter"ga ko'chib o'tishi mumkin. Ayni paytda bu bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. 

Lukaku va bosh murabbiy Tomas Tuxelning munosabatlari yaxshi emas. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Athletic