Lukaku "Real"ga qarshi o'yinda o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
2 noya 2020, 10:42
"Inter" forvardi Romelu Lukaku YCHL guruh bosqichi 3-turi doirasida "Real"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.

Futbolchi chap oyog'i son sohasidan jarohat olgandi. Shu boisdan u A Seriya doirasida "Parma"ga qarshi o'yinda qatnashmagandi. Uning yakshanba kuni bo'ladigan "Atalanta" bilan o'yinda ishtirok etishi ham so'roq ostida turibdi.

"Real" bilan o'yingacha "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar safga qaytishi kutilmoqda. Hozircha jamoaning yakshanba kuni koronavirusga topshirgan testi natijalari ma'lum qilinmagan. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal