Lukaku: "Men gollar urish uchun MYUdaman"

Tolibjon Qosimov
18 iyul 2017
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku "Real Solt-Leyk" klubiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik o'yini (2:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men gollar urish uchun MYUdaman. Har doim g'alaba uchun o'ynaymiz. Bu maydonga tushgandan keyin men o'ylaydigan birinchi jihat. Qolgan hammasi o'z-o'zidan bo'laveradi. Mavsum oldi tayyorgarligi omadli o'tmoqda", - dedi Lukaku.

Eslatib o'tamiz, Romelu "Real Solt-Leyk"ka qarshi bahsda MYUning g'alaba to'pini kiritdi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com