Lukaku "Manchester Yunayted"dan kyetishi sababini aytdi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2020
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku "Manchester Yunayted"dan kyetishi sababini aytdi

2019 yilning yozida "neradzurri"lar belgiyalikni 65 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"dan sotib olgandi.

"O'zimni qaytadan ochishni istagandim. O'tgan mavsumda o'zimning professional tomonlarimni ochishga qiynaldim. Chunki mavsum men istagandek o'tmadi. Shu boisdan o'z kamchiliklarimni yopadigan joyga o'tishim kerakligini sezdim.

Mart oyida bosh murabbiyning ofisiga kirib, kelajagim borasida gaplashib oldim. O'sha paytda ko'p ham o'ynamay, o'zimning darajamni yo'qotib qo'ygandim. Jamoamni o'zgartirib, to'g'ri qarorga kelganimni his qilyapman. "Manchester Yunayted"da esa yosh futbolchilar uchun o'rin ochildi", - dedi Lukaku.

Ushbu mavsumda Lukaku barcha turnirlarda 26 o'yinda qatnashib, 18 go lurdi va 4 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports