

Ayni vaqtda belgiyalik futbolchi safga qaytish arafasida turibdi. Manbaning xabar berishicha, yaqin kunlarda hujumchining umumiy guruhdagi mashg'ulotlariga qaytishi kutilmoqda. Ehtimol, Lukaku 16 oktyabr kuni "Salernitana"ga qarshi A Seriya bahsida maydonga tushishi mumkin. Biroq Lukaku besh yarim haftadan so'ng Qatarda boshlanadigan jahon chempionatiga qadar o'zini zo'riqtirmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” – “Inter” uchrashuvi 13 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.



