

"Ibra - chempion, men uni hurmat qilaman. “Manchester Yunayted“da har kuni u bilan birga mashg'ulot o'tkazish imkoniyati ega bo'lgandim. Zlatanga qarshi o'ynash ajoyib bo'ladi. U g'oliblik ruhiga ega, haqiqiy professionaldir.
Ibragimovich 38 yoshida o'z darajasini qanday ushlab turganini bilaman. U ko'p ishlaydi. “Manchester Yunayted“ safida birga o'ynaganimizda u mendan maslahatlarini ayamasdi. U Ronaldu bilan bir darajada“, - dedi belgiyalik hujumchi.
Eslatib o'tamiz, Italiya futboli ixlosmandlari 9 fevral kuni “Milan derbisi“ga guvoh bo'lishlari mumkin.



