Luka Modrich "Real"dan ketishi mumkin

Alisher
14 iyun 2019, 11:40
Xorvatiya terma jamoasi va "Real" yarim himoyachisi agar ketishini rahbariyatdan so'rasa, jamoani tark etishi mumkin.

"Agar xorvatiyalik futbolchi ketishi haqida rahbariyatga ma'lum qilsa, "Real" uni boshqa Yevropa klublariga qo'yib yuborishga tayyor.

Modrich "Real"ning harajatlarini qisman qoplashi mumkin", - deyiladi manbada.

Luka 2012 yilda "Real" futbolchisiga aylangan edi. U klubga "Tottenxem"dan kelib qo'shilgan.

Futbolchi yakunlangan mavsum "Real" libosida 46ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assistga erishgan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Zidan Modrichdan noroziligi to'g'risidagi xabarlar chiqqan edi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Elmundo