
“Biz har doim oldinga qarab intilamiz. Starrij 24 yoshda, men esa 26 yoshdaman, shu sababli biz keyinchalik ham o'sishda davom etamiz.
“Liverpul” bir necha yildan beri Chempionlar ligasida ishtirok eta olmayotganini juda yaxshi bilamiz, biroq keyinchalik bu musobaqada ishtirok etish uchun kuchli to'rtlikka kirishga harakat qilamiz.
Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz, biroq “Liverpul” - bu nafaqat men va Starrij. Biz butun jamoa bo'lib katta kuchga aylanishimiz mumkin”, - deya ta'kidladi urugvaylik futbolchi.