Luis Suares: Boshqa klublarning takliflarini ko'rib chiqishga tayyorman

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2013, 17:29
Liverpul hujumchisi Luis Suares yozda klubni tark etishga tayyor ekanini aytib o'tdi.
Agar faoliyatimni davom ettirish uchun yaxshi taklif tushsa uni albatta ko'rib chiqaman. Bazi klublar menga taklif bilan chiqishdi, agentlarimga ularning takliflarini o'rganib chiqishni aytdim.

Men rivojlanish uchun Ayaksdan Liverpulga o'tdim. Ammo klub Chempionlar ligasi yo'llanmasiga ega chiqishi lozim, agar bunday bo'lmasa futbolchilar katta ruhiy zarba qabul qilib olishadi.

Agar Evra va Ivanovich bilan sodir bo'lgan voqealar bo'lmaganida men o'tgan mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisi bo'lardim, – deydi Suares.

Oldinroq Liverpul rahbariyati Suares sotilmasligini e'lon qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru