Luis Suares: "Barchaga rahmat"

8 iyun 2018, 09:23
Bugun Urugvay terma jamoasi o'z uyida O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Ushbu nazorat uchrashuvida Urugvay terma jamoasi O'zbekiston milliy terma jamoasini yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Qiziqarli kechgan bahsdan so'ng Urugvay terma jamoasi a'zosi va "Barselona" klubi hujumchisi Luis Suares o'zining tvittyerdagi shaxsiy sahifasida  o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Bizni bugun qo'llab-quvvatlab turish uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislarga katta rahmat aytaman", - deb yozadi Luis Suares 



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia