Luis Gustavo "Marsel"ga o'tishga yaqin

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2017, 10:28
"Volfsburg" yarim himoyachisi Luis Gustavo "Marsel"ga o'tishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis va Fransiya klublari bazi narsalarni kelishib olishi qoldi.

Braziliyalik xizmatlariga bir nechta Yevropa klubi qiziqish bildirmoqda. Ularning orasida "Milan", "Inter", "Shalke-04" va PSJ bor.

So'nggi mavsum Luis Gustavo Bundesliganing 27 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Futbolchi va nemis klubi o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozigacha davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker