Luis Filipe Skolari Osiyoga qaytishi mumkin

Alisher
18 noya 2019, 14:41
Taniqli braziliyalik mutaxassis Luis Felipe Skolari Xitoy terma jamoasida ish boshlashi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 71 yoshli mutaxassis Osiyo jamoasining taklifini ko'rib chiqishga tayyor.

Xitoyning bundan oldingi bosh murabbiyi Marchello Lippi JCH-2022 saralashi doirasida Suriya (1:2)dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng iste'fo bergan edi.

Eslatib o'tamiz, Skolari shu yilning sentyabr oyida "Palmeyres"dan ketganidan buyon ishsiz yuribdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Xinhua Sports