Luis Enrike: "PSJ "Loryan"dan juda kuchli edi"

Mirjalol Normatov
13 avg 2023
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikening fikriga ko'ra, jamoasi "Loryan"ni mag'lub etishga loyiq edi.

Parij klubi Fransiya chempionatining 1-turida "Loryan" bilan nursiz durang qayd etdi.

"Hissiyotlarim turlicha. PSJ futbolchilarining o'yinga bo'lgan munosabati menga maqul keldi. Jamoa himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. Garchi yaxshi jamoa bo'lsa-da, "Loryan" birinchi bo'limda 3 marta markaz chizig'ini kesib o'tdi.

Biroq biz hujumda xavfli o'ynay olmadik, gol urish uchun etarlicha vaziyat yarata bilmadik. Lekin biz raqibdan kuchli ekanligimiz ko'rinib turdi, faqatgina g'alaba olib keladigan golni ura olmadik. Biz g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman", - dedi Luis Enrike.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport