

PSJ klubi jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan yangi shartnoma imzolaydi. Tomonlar ikki yillik bitim bo'yicha kelishuvga erishish arafasida turibdilar. Shu tariqa Luis Enrike 2027 yilga qadar PSJni boshqaradi.
Enrikening klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida o'z nihoyasiga yetishi kerak edi.
Ma'lumot uchun Luis Enrike PSJni 2023 yilning iyul oyida qabul qilib olgandi. Bu davr mobaynida murabbiy jamoa bilan Fransiya chempionligi va Fransiya kubogini qo'lga kiritdi.



