Luis Enrike: "Katta jamoalar qiyin g'alabalarni qo'lga kiritishadi"

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2016, 17:00
“Barselona” - “Malaga” (2:1) uchrashuvidan so'ng kataloniyaliklar ustozi Luis Enrike o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Birinchi bo'limda gol urush uchun vaziyatlar kam bo'ldi. Havodan etkazib berilgan to'plarda xatolarga yo'l qo'ydik. Ikkinchi bo'limda o'yinni to'liq o'zgartirish qo'limizdan kelmadi. Lekin uch ochokni qo'lga kiritdik. Katta jamoalar qiyin g'alabalarni qo'lga kiritishadi”, - deydi Enrike AS nashriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com