Luis de la Fuente "Barselona" futbolchisining jarohatini ma'lum qildi

Alisher
7 sen 2024, 21:58
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jamoa yarim himoyachisi Dani Olmoning holati haqida gapirdi.

"Olmo Serbiya bilan o'yinda kuchli zarba qabul qilib oldi. Hozircha uning o'zini qanday his qilayotganini bilmaymiz, ammo u bugun biz bilan shug'ullanmaydi", - dedi ispaniyalik murabbiy.

Eslatib o'tamiz, kecha bo'lib o'tgan Serbiya va Ispaniya o'rtasidagi Millatlar ligasi o'yini durang (0:0) natija bilan yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Barca Universal