Lui van Gal: “Avstraliyaga qarshi taktika tuzishga qiynalyapman”

Tolibjon Qosimov
18 iyun 2014, 13:57
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal Ispaniyaga qarshi kechgan fantastik o'yindan keyin o'ziga ko'p ishonib yuborib bo'lmasligini aytdi.
“Jahon chempionligi finalda g'olib bo'lgandagina qo'lga kiritiladi. Ispaniya ustidan qozonilgan g'alaba bu ilk qadamimiz, shuning uchun ikki uch qadam oldinga yurib bo'lmaydi. Biz avstraliyaliklarni mag'lub etishimiz kerak. Agar Avstraliya butun jamoa bilan himoyaga yotib olsa, 4-3-3 taktikasi  bosim uyushtirishga yordam beradi. Ammo bu ham doimo kutilgan natijani bermaydi. Aynan taktika tuzishda qiynalyapman”, – dedi mutaxassis FIFA rasmiy saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net