Lotar Matteus: "Levandovski bilan shartnoma tuzish "Bavariya"ning qirollik yurushi"

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2014, 15:39
"Bavariya" klubi sobiq futbolchisi Lotar Matteus Robert Levandovskini Dortmundning "Borussiya" klubidan "Bavariya"ga o'tishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Levandovski Myunxen klubiga 2014 yil 1 iyulida erkin agent sifatida qo'shiladi.

- Bu o'tish "Bavariya"ning qirollik yurishi. So'nggi transferlarning barchasi klub uchun foydali bo'lgandi. Oldin "Bavariya" tomonidan o'zini oqlamagan transferlar amalga oshirilgan, biroq so'nggi yillarda faqat bundesligada o'ynash tajribasi bor yoki murabbiy so'ragan futbolchilar xarid qilinmoqda.

"Bavariya" va "Borussiya" o'rtasidagi munosabatlar professional, biroq ideal emas, - deydi Mateus goal.com nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net