"Los-Anjeles Gelaksi" "Liverpul"ning sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2020, 01:45
"Los-Anjeles Gelaksi" "Shtutgart" himoyachisi Emiliano Insua bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqida Amerika klubi rasmiy sayti ma'lum qildi. Shartnoma bandlari hozircha oshkor qilingani yo'q.

30 yoshli Insua 2015 yilda "Shtutgart" jamoasi tarkibiga kelib qo'shilgandi. Eslatib o'tamiz, Insua "Liverpul", "Galatasaroy", "Sporting", "Atletiko" va "Rayo Valekano" klublari sharafini himoya qilgan. U Argentina terma jamoasi tarkibida ham 5 ta uchrashuv o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L`Equipe