Loran Blan Ispaniyada ish boshlashi kutilmoqda

6 iyul 2020, 00:27
Fransiya terma jamoasi va PSJ klubi sobiq bosh murabbiyi Loran Blan "Valensiya"ni boshqarishi mumkin, deb xabar qildi L’Équipe.

"Ko'rshapalaklar" short-listiga 54 yoshli mutaxassis bilan birga Marku Silva va Kike Sanches Flores ham kiritilgan.

Eslatib o'tamiz, "Valensiya" boshqarayotgan Albert Selades 29 iyun kuni iste'foga chiqarilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Équipe