Lopetegi: "Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi"

Mirjalol Normatov
13 iyun 2018, 14:34
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bir necha hafta oldin "20 minutos” nashriga bergan interyusida Leo Messini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb atagan.

"Leo Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Undan zo'rini ko'rmadim. Undan boshqa hech kim o'z jamoasi uchun bunchalik katta ish qilmagan. Messining o'yinlaridan zavq olsa bo'ladi. Men uchun u eng zo'ri", - dedi murabbiy.

Kecha Lopetegi "Real"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi rasman e'lon qilindi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: 20 minutes