Lopetegi "Manchester Yunayted" rahbarlarining qiziqishini uyg'otdi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2021, 22:41
Ole-Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgandan so'ng, mankunianliklar rahbariyati norvegiyalik mutaxassis o'rniga bir necha variantlarni ko'rib chiqmoqda.

Ulardan biri "Sevilya"ning amaldagi ustozi Xulen Lopetegi bo'lib turibdi.

Manbaning xabariga ko'ra, Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh ispaniyalik murabbiyning nomzodini "Manchester Yunayted" rahbariyatiga taklif qilgan. Qayd etilishicha, "Real"ning sobiq ustozi ingliz jamoasini boshqarishga qarshi emas.

Biroq bu holatda "Yunayted" Lopetegi qo'l ostida hozirda La Ligada ikkinchi o'rinda borayotgan "Sevilya"ga tovon puli to'lashi kerak bo'ladi. Klub avvalroq shartnomani bekor qilgani uchun Sulsherga taxminan 9-10 million evro to'lagandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News