Lopesh: "Beshiktosh"ga qarshi ikki uchrashuvni yuqori saviyada o'tkazdi"

Aslanov Jasurbek
21 apr 2017, 15:49
"Lion" posboni Antoni Lopesh Yevropa ligasining chorak finalida "Beshiktosh" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Lion" "Beshiktosh"ga qarshi ikki uchrashuvni yuqori saviyada o'tkazdi. Bahs oson bo'lmasligini bilardik. Turk jamoasining muxlislari yaratadigan atmosferada o'ynash qiyinligini his qildik. "Lion" futbolchilari shou haqida emas, shunchaki g'alaba qozonishni o'ylashdi.

Endi dam olib, "Monako"ga qarshi bo'ladigan bahsga tayyorlanishimiz kerak" - deydi Lopesh.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe