London klubi Skamakkaga qiziqmoqda

Alisher
23 may 2022
"Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakka "Vest Xem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Futbolchining transferi 30 million evroga baholanmoqda.

"Roma" akademiyasining 23 yoshli sobiq o'yinchisi "Sassuolo"ga 2017 yilning boshida PSVdan o'tgan edi. Forvard bir necha mavsumni ijarada o'tkazdi.

"Vest Xem" esa deyarli butun mavsum davomida maydonda harakat qilgan Maykl Antonioga raqobat tashkil etish uchun hujumchi izlamoqda.

Skamakka joriy mavsum A Seriya doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun