London klubi rossiyalik futbolchini 25 million evroga sotib olishi mumkin

Alisher
10 okt 2019, 14:45
SSKA hujumchisi Fyodor Chalovga Angliyaning "Kristal Pelas" klubi qiziqmoqda.

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Roy Xojson rossiyalik futbolchini qishki transferlar oynasida jamoaga olib kelmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, angliyaliklar Chalov uchun 25 million evro to'lashga tayyorlar.

Bundan tashqari, "armiyachilar" hujumchisi Angliyada muvaffaqiyatli o'ynab keta olsa, katta bonuslar berilishi ham ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, rossiyalik futbolchi o'tgan mavsum RPLda 15ta gol bilan to'purar bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ФАН