

Mana shu o'yinlar uchun “Lokomotiv” futbol klubidan olti nafar futbolchi milliy terma jamoaga taklif etildi.
Bular – Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev, Shavkat Mullajonov, Sanjar Shoahmedov, Jasur Hasanov (katta) va Temurxo'ja Abduxoliqov. Samvel Babayan boshqaruvidagi terma jamoamiz navbatdagi yig'inini 27 avgustdan boshlaydi. Demak, shu kundan e'tiboran “Loko”ning olti futbolchisi to 9 sentyabrga qadar MTJ ixtiyorida bo'ladi.



