"Lokomotiv"ga ikkita gol urgan Qadamboy Nurmetov: "Dubl - butun jamoaning mehnatlari samarasi"

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2019, 14:14
Kecha Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda maydon egalari 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. "Dinamo" safida ikkala golga ham Qadamboy Nurmetov mualliflik qildi. Biz hujumchining taassurotlari bilan qiziqdik.

- Amaldagi chempionni mag'lub eta oldinglar. Taassurotlar qanday?

- "Lokomotiv" bilan o'yinga juda qattiq tayyorgarlik ko'rdik. Oson bo'lmasligini bilardik. Xudoga shukur ijobiy natijaga erishish nasib qildi.

- Superligada ilk bor dublga erishdingiz...

- Avvalambor g'alaba qozonganimizdan xursandman. Bu g'alaba barchamizniki. Dublga kelsak, ikkita gol urganimdan juda ham xursandman. Biroq bu gollar faqat mening emas butun jamoaning mehnatlari evaziga urildi. Sheriklarimsiz ikkita gol ura olmasdim.

- "Dinamo"ning o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyasi davom ettirildi. Nima deb o'ylaysiz mavsum oxirigacha bu seriyani davom ettira olasizlarmi?

- Biz maydonga doim g'alaba uchun juda tushamiz. Bu futbol, unda har qanday natija qayd etilishi mumkin. Bu seriyani imkon qadar uzoq davom ettirishni istaymiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia