"Lokomotiv" vakili: "O'yin qoldirilganini "CA"dan bildik"

Tolibjon Qosimov
6 mar 2019, 16:12
Bugun PFL rasmiy sayti Superliga 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvi 8 mart sanasidan 16 martga ko'chirilgani haqida xabar bergan edi.

Unda keltirilishicha, uchrashuv "Paxtakor" jamoasining murojaatiga asosan ko'chirilgan.

"Lokomotiv" klubi bosh direktor o'rinbosari To'labek Akromov o'zining tvittyerdagi sahifasida ushbu yangilikka quyidagicha izoh yozdi: "O'yin qoldirilganini "CA" saytidan bildik, mmm daa..."

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia