"Lokomotiv" serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2025, 20:55
"Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Temiryo'lchilar" serbiyalik Nikola Popovichni o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati e'lon qildi.

30 yoshli vingerning so'nggi klubi Serbiyaning ikkinchi darajali ligasi "Zemun" bo'lgan. Popovich joriy mavsum o'z klubida 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 2ta golli pas bergan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia