

Bugun “temiryo'lchilar” yig'in doirasida Sloveniyaning “Ankaran” klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishdi. Bir necha daqiqa avval yakunlangan uchrashuvda “Lokomotiv” 10:0 hisobida g'alaba qozondi.
Artyom Galadjan va Ari xet-trik qayd etishdi. Manuel Fernandesh va Anton Miranchuk esa o'zi hisoblariga ikkitadan gol yozib qo'yishdi. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov jarohati sabab o'yin qaydnomasiga ham kiritilmadi.




