“Lokomotiv” “Olmaliq” bilan uchrashuvga qanday hozirlik ko'rdi? FOTO + VIDEO

Narzulla Saydullayev
25 sen 2017, 21:13
Oliy Liga musobaqa jadvali peshqadami “Lokomotiv” navbatdagi uchrashuvini ertaga “Olmaliq” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Ushbu Oliy Liga 19-turining qoldirilgan o'yiniga “temiryo'lchilar” jiddiy hozirlik olib borishdi. Jamoa safida hamon ikkita yo'qotish bor. Sadriddin Abdullaev va Shuhrat Muhammadiev hamon mashg'ulotlarda yakka tartibda shug'ullanishmoqda. Qolgan barcha “Olmaliq” bilan o'yinga to'laqonli ravishda hozirlik ko'rdi.

Jamoaning bugungi mashg'uloti ham ancha qiziqarli va rangbarang tarzda o'tdi. Unda murabbiylar shtabi oldindagi uchrashuvda qo'llaniladigan taktikani amalda sinab oldi.

Quyida “temiryo'lchilar”ning mashg'ulot jarayonidan video hamda fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:







O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz