"Lokomotiv" nazorat o'yinida "Surxon"ni mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
10 noya 2020, 17:18
Bugun "Lokomotiv" stadionida sinov-nazorat o'yini o'tkazildi.

Unda "Lokomotiv" hamda "Surxon" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Qiziqarli va gollarga boy bahs "temiryo'lchilar"ning 5:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Loko" tarkibidan gollarni Kirill Pogrebnyak (dubl), Marat Bikmaev (dubl) hamda Kaxi Maxaradze kiritdi. "Surxon"dan esa Shavkat Salomov, Sarvar Soliev hamda Sherzod Karimovlar gol muallifiga aylandi.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати