“Lokomotiv” eng yaxshi shior uchun tanlov e'lon qiladi!

Tolibjon Qosimov
11 fev 2015, 15:50
O'zbek futboli muxlislari diqqatiga!
Toshkentning “Lokomotiv” klubi futbol muxlislari uchun tanlov e'lon qiladi.

Tanlov shartiga ko'ra muxlislar “Lokomotiv” jamoasi uchun shiorlar taklif etishlari lozim. Berilgan variantlardan eng chiroylisi, eng originali va jamoa uchun eng munosibi deb topilgan shior muallifiga klub mamuriyati tomonidan muallif ismi tushirilgan “Lokomotiv” original futbolkasi hamda “Lokomotiv”ning barcha futbolchilari imzosi tushirilgan futbol to'pi sovg'a sifatida topshiriladi.

Muxlislar o'z variantlarini lokomotiv-uzb@mail.ru elektron pochta manziliga yuborishlari lozim bo'ladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: lokomotiv.uz