"Lokomotiv" Dubayda Daniya, Rossiya va Slovakiyaning ko'p karra chempionlar bilan o'ynaydi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019, 12:11
"Lokomotiv" 9-23 yanvar kunlari Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi.

Ushbu yig'inda "temiryo'lchilar" uchta o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi. Dastlab, 16 yanvar kuni Moskvaning "Spartak" jamoasiga qarshi bahs olib boriladi.

"Lokomotiv" oradan ikki kun o'tib, 18 yanvar kuni Slovakiyaning 7 karra chempioni "Jilina" futbol klubi bilan kuch sinashadi.

So'nggi bahs 21 yanvar kuni Daniyaning 10 karra chempioni "Brondbyu" jamoasiga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz