"Lokomotiv" avstraliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2017, 18:44
Toshkentning "Lokomotiv" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa yangi mavsumda ham o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ymoqda. Hozirga qadar ikki nafar ivuarlik legioner bilan shartnoma tuzildi. Klubni turkmanistonlik legioner Artur Gevorkyan tark etgan. Osiyolik legioner limiti uchun "temiryo'lchilar" avstraliyalik futbolchini tarkibga qo'shib olishmoqchi. Hozircha uning kimlini ma'lum emas.

Qo'shimcha qilish kerakki, "Lokomotiv" murabbiyi Mirko Yyelichich Avstraliya fuqarosi hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston oliy ligasida bungacha avstraliyalik futbolchilar to'p tepishga ulgurgan. 2012 yilgi mavsumda Devid Karni "Bunyodkor" klubi sharafini, keyinroq Petar Franjich "Olmaliq" sharafini himoya qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia