
Al-Fujayra klubi BAA 1-divizionida ishtirok etadi. 7-turdan keyin “Al-Urooba” o'zi ishtirok etayotgan liganing 4-pag'onasini egallab turibdi. 5 fevral kunga tayin qilingan bellashuv jamoaga qarashli “Al-Oruba Club Stadium”da o'tkaziladi.
2 fevral kuni Dubayga jo'nab ketgan jamoamiz a'zolari mashg'ulotlarni allaqachon boshlab yuborishgan. 12 va 14 fevral kunlari “temiryo'lchilar”ning Xitoy Super ligasi klublariga qarshi o'yinlarda maydonga tushishlari haqida xabar bergandik. Navbatdagi raqiblar nomini tez orada ma'lum qilamiz.
Quyida Dubaydagi mashg'ulotlardan tushirilgan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.








