Lokomotiv Abu Dabida 4 ta o'rtoqlik-nazorat uchrashuvida maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2014, 14:59
Yangiliklar matni Biroz oldinroq xabar berganimizdek bugun temiryo'lchilar BAA yig'iniga jo'nab ketdilar.
Lokomotiv ushbu yig'in davomida 4 ta klubga qarshi o'rtoqlik-nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Jamoamiz Qozig'istonning Qayrat, Daniyaning Brondbyu, Ukrainaning Shaxtyor va Xitoyning Pekin Goan klublari bilan uchrashuv o'tkazadi.

Quyida ushbu uchrashuvlarning bo'lib o'tish sanalari berilgan:

12.01.2014 Lokomotiv - Qayrat

17.01.2014 Lokomotiv - Brondbyu

22.01.2014 Lokomotiv - Shaxtyor

24.01.2014 Lokomotiv - Pekin Goan

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz