Lokatellining sog'lig'ida muammo yuzaga keldi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2021, 19:39
"Yuventus" xavbeki Manuel Lokatelli jamoaning kechagi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi.

Sababi uning sog'lig'ida muammolar kuzatildi. "Football Italia" xabariga ko'ra, 23 yoshli italiyalik gastroenteritning engil shakli bilan kasallangan.

Yarim himoyachi qachon "Yuventus"ning umumiy guruhiga qaytishi mumkinligi haqida ma'lumot yo'q.

Lokatelli Italiya chempionatining joriy mavsumida 17 o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia