Lo Chelso "Tottenxem"ga o'tadi

Alisher
5 avg 2019, 12:08
"Betis"ning argentinalik hujumkor xavbeki Jovani Lo Chelso "Tottenxem"ga o'tadi.

Sevilyaliklar o'yinchining transfer narxini tushirishdi. Bitim 52 million evroga imzolanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari yana 8 million bonuslar sifatida belgilangan. "Betis" oldinroq futbolchi uchun 65 million evro so'rayotgan edi.

Ammo Nabil Fekir jamoaga kelgandan so'ng moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilish maqsadida futbolchining narxi tushirilgani aytilmoqda.

"Shporlar" safiga bundan tashqari "Fulxem"dan Rayan Sessenon ham kelib qo'shilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Record